
"Metallurg"ni ikki nafar futbolchi tark etdi
Davralar oralig‘idagi tanaffus davrida “Metallurg” tarkibida o‘zgarishlar davom etmoqda. Kecha jamoa ikki nafar o‘yinchi bilan shartnomani bekor qildi. Bular - markaziy himoyachi Abbosjon Otaxonov hamda yarim himoyachi Sardor Abduraimovlardir.
28 yoshli Abbos Otaxonov faoliyatini Tailandda davom ettirishi bois klub bilan xayrlashdi. U “Metallurg” tarkibida 2018-2020, 2022 hamda 2024 yillar davomida 95 ta o‘yinda maydonga chiqqan. 3 ta gol kiritgan. 19 marta ogohlantirilgan. O‘zbekiston Kubogi bahslarida 10 ta o‘yinda maydonga chiqib, 2 ta gol urdi. 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi.
Sardor Abduraimov esa 2023 yilning ikkinchi yarmidan “Metallurg” sharafini himoya qilib keldi. Bekobodliklar safidagi bir yillik faoliyati davomida Abduraimov 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 1 ta gol urdi. 2 marta sariq kartochka bilan jazolandi. O‘zbekiston Kubogi bahslarida esa 4 ta o‘yinda to‘p surdi. 2 ta gol kiritdi.
"Metallurg" matbuot xizmati.
Fikrlar