"Metallurg"ning "Neftchi"ga qarshi Bekoboddagi oxirgi 4 ta o‘yinida faqat bir xil natija qayd etilyapti

  • 2 mart, 2023, 15:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Metallurg» hamda «Neftchi» kuchlilar ligasida 44 bora to‘qnash kelgan. O‘zaro uchrashuvlarning 24 tasida farg‘onaliklar, 11 tasida bekobodliklar g‘alaba qozonishgan. 9 ta o‘yin esa durang natija bilan yakunlangan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati vodiy jamoasi foydasiga – 75:41. O‘zaro o‘yinlarda «Neftchi» 81, «Metallurg» esa 42 ochko jamg‘argan.

Tecno

Bekobodda o‘tkazilgan bahslarda mezbonlar 9 ta o‘yinda zafar quchgan, 7 ta o‘yinda durang qayd etilgan. 6 uchrashuvda esa mehmonlarning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 25:23, bekobodliklar foydasiga. O‘tgan mavsum Bekoboddagi uchrashuv taqdirini Bektemir Abdumannonov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etgandi – 1:0.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

25.10.2022 «Metallurg» - «Neftchi» - 1:0

28.07.2018 «Metallurg» - «Neftchi» - 1:0

25.11.2017 «Metallurg» - «Neftchi» - 1:0

22.11.2016 «Metallurg» - «Neftchi» - 1:0

11.04.2015 «Metallurg» - «Neftchi» - 0:1

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!