
Meyvezer Konor MakGregorga qarshi jangga oid sirlarni oshkor qildi
Floyd Meyvezer Konor MakGregorga qarshi bo‘lgan jang haqida gapirdi.
"Men Konor bilan jang oldidan alohida mashg‘ulotlar olib bormaganman. Agar xohlasam, uni jangning dastlabki daqiqalaridayoq mag‘lub etishim mumkin edi. Ammo, shunday qilsam, unda revansh haqida umuman gap-so‘z bo‘lmasdi",- dedi Meyvezer.
Eslatib o‘tamiz: Ular o‘zaro 2017 yilda boks bo‘yicha jang o‘tkazishgan edi. O‘shanda irlandiyalik UFC jangchisi Meyvezerga qarshi 10 raund turib bera olgandi.
Fikrlar