
"Milan" - "Roma" uchrashuvida Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)
A Seriya 20-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Roma" uchrashuvi mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Jiru 8-daqiqada penaltidan gol urdi. 17-daqiqada Messias oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Birinchi bo‘lim oxiriga yaqin Abraxam raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 82-daqiqada Leao ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, bahs so‘nggida Ibragimovich penaltidan unumli foydalana olmadi.
Qayd etish lozim, mazkur bellashuvda rimliklardan Janluka Manchini va Rik Karsdorp qizil kartochka oldi. Eldor Shomurodov esa 76-daqiqada Temmi Abraxam o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi dunyoga mashhur whoscored.com futbolchilarning harakatini baholadi. Unga ko‘ra zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimiz eng pas ball olganlardan biri bo‘ldi - 5.9.
Fikrlar