
"Milan" 19 yoshli himoyachini sotib olmoqchi
"Milan" 19 yoshli himoyachi David Odoguni "Volfsburg"dan o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko‘ra, transfer summasi 7 million evroni tashkil etadi, yana 3 million evro bonus sifatida to‘lanishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Odogu Bundesligada 3 ta o‘yin o‘tkazib, gol yoki assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lmadi.
Shuningdek, Odogu 2023 yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan (U17) jahon chempioniga aylangan edi.
Fikrlar