
"Milan" 19 yoshli futbolchi uchun 15 million bermoqchi
"Milan" klubi "Strasbur" himoyachisi Muhammad Simakanni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 19 yoshli iqtidor egasi uchun 15 million evrodan voz kechishga tayyor. “Milan”ga bu borada "Borussiya D", "RB Leyptsig", "Everton" va "Tottenxem" klublari raqobat ko‘rsatishi mumkin.
Simakan joriy mavsum “Strasbur” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar