"Milan" A Seriya autsayderidan futbolchi sotib olmoqchi
"Milan" klubi "Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqla Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” allaqachon futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. “Milan”ga bu borada "Yuventus", PSJ va APLning bir qator klublari raqobat qilishi mumkin.
“Breshiya” esa Tonalining transferini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar