"Milan" Akanji uchun taklif bilan chiqdi

  • 29.08.2025 21:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, "Milan" "Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanjini olish bo‘yicha og‘zaki taklif yo‘lladi. 

Tecno

Milanliklar 30 yoshli shveytsariyalik futbolchi uchun 15 million evro va bonuslar to‘lashga tayyor.

Muzokaralarda jiddiy to‘siqlar kutilmayapti va "Siti" himoyachini qo‘yib yuborishga tayyorligi aytilmoqda. 

Ayni paytda "Milan" futbolchining vakillari bilan muloqot olib boryapti. Shuningdek, fulbekka A Seriya klubidan tashqari, "Tottenxem" ham qiziqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!