"Milаn” Allegri va klub rahbаriyatini iste’fogа chiqаrdi
“Milan” bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan xayrlashganini rasmiy e'lon qildi. Shuningdek, klub bosh direktori Jorjo Furlani, sport direktori Igli Tare va texnik direktor Jeffri Monkada ham o‘z lavozimini tark etdi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan bayonotda ta'kidlanishicha, jamoa mavsumning katta qismida A Seriya peshqadamlar qatorida bo‘lgan va Skudetto uchun kurashgan. Biroq chempionatning hal qiluvchi qismidagi omadсиз natijalar, xususan, so‘nggi turdagi mag‘lubiyat mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlashga sabab bo‘lgan.
Shu munosabat bilan klubda keng ko‘lamli o‘zgarishlar va qayta tashkil etish ishlari boshlanganini ma'lum qilindi.
Ma'lumot uchun, “Milan” A Seriyaning 2025/26 yildgi mavsumini 70 ochko bilan 5-o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Fikrlar