"Milan" belgiyalik futbolchini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi

  • 16 iyul, 2022, 02:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi "Bryugge" bilan Sharl de Ketelare borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. 

"Rossonerilar" 21 yoshli Belgiya terma jamoasi a’zosi uchun 30 million evro va qo‘shimchasiga 5 million evro bonus taklif qildi. 

Avvalroq, Belgiya klubi ularning ikki taklifini rad etgandi. So‘nggi marotaba amaldagi Italiya chempionlari yarim himoyachi uchun 27 million evro taklif qilgandi. 

Futbolchining o‘zi "Milan" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan va "Lids"ning taklifini rad etgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!