"Milan" bosh murabbiy lavozimiga Shevchenkoni taklif qilmoqchi
"Milan" klubi rahbariyati Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenkoni jamoaga olib kelmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda Stefano Pioli iste’foga chiqarilgan taqdirda, “rossonerilar” aynan o‘zlarining sobiq yulduzini murabbiy lavozimiga taklif qilishmoqchi.
Ukrainalik mutaxassisning jamoaga olib kelinishini shaxsan “Milan” sport direktori Paolo Maldini xohlamoqda. Shevchenko esa yozda bo‘lib o‘tadigan Evro-2020 dan so‘ng ushbu taklifni o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Milan” ayni damda A Seriyada 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar