"Milan" bosh murabbiyi Superkubokdagi "Inter"dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 19 yanvar, 2023, 07:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Ar-Riyod" shahrida Italiya Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda "Inter" azaliy raqibi "Milan" ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan keyin "rossonerilar" bosh murabbiyi Stefano Pioli quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglay olmadik va juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi taym boshida barchasini o‘zgartirishga harakat qildik, ammo qo‘limizdan kelmadi.

Bunday kuchli raqibga qarshi uchrashuvlarda kichik xatolar ham pand berib qo‘yadi. Hozir ruhiy jihatdan o‘zimizning eng yaxshi holatimizda emasmiz, lekin yaxshilanishimiz kerak. Oldimizda birgina yo‘l bor: o‘z ustimizda ko‘proq ishlash.

Bu alamli mag‘lubiyat bo‘ldi, sovrinni qo‘lga kiritishni istagandik. Biroq mavsum davom etmoqda. Biz o‘z o‘yinimizni yana topib olishimiz lozim"-dedi 57 yoshli mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!