"Milan" braziliyalik futbolchiga qiziqib qoldi

  • 16 iyul, 2021, 16:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Tete Donetskning "Shaxtyor" klubini tark etib, Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Insayder Salvatore Kantonening so‘zlariga ko‘ra, unga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Rossonerilar" rahbariyati 21 yoshli futbolchi jamoaning o‘ng qanot hujumini kuchaytirishi mumkin deb hisoblamoqda. Tete “Milan” tarkibida ispan klublari qiziqishlariga sabab bo‘layotgan Samuel Kastilexoning o‘rnini egallashi mumkin.

Braziliyalik futbolchi "Shaxtyor" tarkibida 2019 yilning fevralidan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining “konchilar” bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, uning ayni damdagi narxi 20 million evroga baholamoqda.

Tete o‘tgan mavsum Ukraina chempionatida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!