
"Milan": Bu futbolchi sotilmaydi
"Milan" portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau bilan yangi shartnoma imzolamoqchi, deya yozmoqda "CalcioMercato" nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, "rossonerilar" futbolchiga 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi bitim tayyorlamoqda. Shu sababli, Leau borasidagi takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
Joriy mavsum 22 yoshli forvard "Milan" safida 13ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2024 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar