"Milan" bu mavsum chempion bo‘la oladimi? Bu savolga jamoaning sobiq bosh murabbiyi javob berdi

  • 1 dekabr, 2020, 23:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello “rossonerilar”ning joriy mavsumda A Seriyada g‘olib bo‘lish imkoniyatlari qay darajada ekani haqida gapirdi.

Tecno

“Milan” “Napoli”ga qarshi o‘yinda o‘z klassini namoyish etdi. Shuningdek, "Fiorentina "ga qarshi o‘yinda jamoaning g‘alabasi meni hayratda qoldirdi. Ular shu kuni juda ajoyib kayfiyat ko‘rsatdi va Ibragimovichsiz o‘ynadi.

"Milan"ning bunday o‘yinida Piolining katta xizmati bor. U garchi "Latsio" va "Fiorentina" kabi jamoalarda yaxshi ishlagan bo‘lsada, mening fikrimcha uni etarli darajada baholashmayapti. “Milan” birinchi o‘ringa loyiq va chempion bo‘lishi mumkin”, - dedi Kapello.

“Milan” 9 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 23 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!