“Milan” “Chelsi” futbolchisini ortga qaytarib yuboradi

  • 4 iyul, 2022, 10:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan”da ijara asosida o‘ynayotgan yarim himoyachi Temue Bakayoko “Chelsi”ga muddatidan oldin qaytadi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Italiya klubi 27 yoshli frantsiyalik yarim himoyachining shartnomasi yana bir mavsumga amal qilishiga qaramay, kelishuvni muddatidan oldin bekor qilishga qaror qildi.

Futbolchi “rossonerilar” safida 20 ta o‘yin o‘tkazgan taqdirda, 15 million evrolik majburiy sotib olish variantini faollashishi mumkin edi. Biroq, Temue yakunlangan mavsum etarlicha uchrashuvlarda maydonga tushmadi.

2021/22 yilgi mavsumda Bakayoko “Milan”ning 17 ta o‘yinida qatnashdi, ammo hech qanday samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!