"Milan"ning yangi murabbiyi Donnarummaning klubdagi kelajagiga ta’sir qilishi mumkin

  • 17 aprel, 2020, 09:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Ralf Rangnik "Milan" boshqaruviga keladigan bo‘lsa, darvozabon Janluiji Donnarumma bilan yangi kelishuv imzolash niyatida emas.

Manbaga ko‘ra, Rangnik Donnarummaning agenti Mino Rayola talab qilayotgan katta maoshli yangi kelishuvga rozi emas. Shu sabab agar germaniyalik mutaxassis "rossonerilar" murabbiyi etib tayinlanadigan bo‘lsa Donnarumma klubni tark etishi mumkin.

21 yoshli "Napoli" tarbiyalanuvchisi "Milan" ihtiyoriga 2013 yilda kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda klub miqyosida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!