«Milan» futbolchisi azaliy raqibi safiga borib qo‘shilishi mumkin

  • 18 sentabr, 2021, 17:21
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Frank Kessini jamoada saqlab qolish uchun imkoniyatlari juda past. Futbolchining mavsum oxirida erkin agent sifatida jamoani tark etish ehtimoli ancha yuqori.

Tecno

Evropaning bir qator top klublari futbolchiga ancha qulay va manfaatli shartnoma taklif qilishga tayyor. Ular orasida "Liverpul", "Tottenxem" va PSJ klublari bor.

Shu bilan birga "Yuventus" ham Kessining talablarini qondirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Turinliklar kelasi yozda Kessining erkin agentga aylanishidan unumli foydalanib, uni "keksa sinyora" a’zosiga aylantirishga jiddiy urinib ko‘radi. 

Ma’lumot uchun, Kessining transfer narxi 55 millionga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!