"Milan" futbolchisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 3 sentabr, 2021, 19:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskovaning TsSKA klubi "Milan"ning hujumkor yarim himoyachisi Samuel Kastilexoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Jurnalist Ivan Karpovning xabar berishicha, Rossiya grandi 26 yoshli futbolchini ijaraga olmoqchi.

“Rossonerilar” sport direktori Frederik Massara RPL klubidan Kastilexoga taklif bo‘lganini tasdiqladi.

"TsSKA tomonidan qiziqish borligi haqiqat. Boshqa bu haqda hech narsa deya olmayman", - dedi amaldor.

Kastilexo o‘tgan mavsum "Milan" safida 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!