
"Milan" futbolchisi koronavirusdan sog‘ayganini aytdi
“Milan” klubi hujumchisi Daniel Maldini koronavirusdan butkul sog‘ayganini ma’lum qildi.
“Menda hammasi joyida va ortiq koronavirus alomatlari yo‘q. Yakka tartibda mashg‘ulotlarni boshladim”, - deb yozadi futbolchi o‘z instagram sahifasida.
Aytish kerakki, Daniel “rossonerilar”ning afsonaviy himoyachisi Paolo Maldinining o‘g‘li hisoblanadi. 21 mart kuni ularning ikkalasida ham COVID-19 virusi aniqlangan edi.
Fikrlar