"Milan" futbolchisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 3 iyun, 2021, 12:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni “Parma” safida ijara asosida o‘tkazgan “Milan” himoyachisi Andrea Konti yangi mavsumni “Jenoa”da boshlashi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, genuyaliklar 27 yoshli italiyalik futbolchini o‘tgan qishki transferlar chog‘idayoq tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirgan edi. Biroq o‘shanda Konti “Parma”ning taklifini qabul qilgan. Afsuski Kontining kelishi ham “Parma”ni A Seriyada olib qololmadi. Endi Andrea “Jenoa”ga o‘tishga tayyor.

Transfermarkt portali Kontining ayni damdagi transfer narxini 7 million evroga baholamoqda. Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” o‘tgan mavsum A Seriyada 11-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!