
"Milan" hamshahariga etib oldi!
A Seriya 5-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Venetsiya" bahsi yakuniga etdi va unda Pioli shogirdlari 2:0 hisobida raqibini mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 68-daqiqasida Braim Dias hisobni ochdi. 82-daqiqada Teo Ernandes oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
5 turdan so‘ng 13 ochko to‘plashga ulgurgan "rossonerilar" o‘z hamshahari "Inter"ga etib oldi. "Venetsiya" hisobida hozircha 3 ochko bor va ular 18-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar