"Milan" Jiruning transferini qachon e’lon qiladi?

  • 14 iyul, 2021, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik hujumchi Olive Jiruning "Milan"ga kutilayotgan transferi deyarli amalga oshdi.

Tecno

RMC Sport nashrining xabar berishicha, 16 iyul kuni Italiya grandi 34 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qiladi.

Avvalroq OAV Jiruning "rossonerilar" rahbariyati bilan ikki mavsumga shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar tarqatgan edi. O‘z navbatida “Milan” Olivening transferi uchun "Chelsi"ga bir million evro to‘lashi aytilmoqda.

Jiru Angliya premer-ligasining so‘nggi mavsumida 17 ta uchrashuv o‘tkazdi va to‘rtta gol urdi. U o‘tgan mavsum “aristokratlar” bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!