"Milan" Kalabriya bilan shartnomani uzaytirdi

  • 9 iyul, 2021, 18:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" o‘zining rasmiy sayti orqali o‘ng qanot himoyachisi Davide Kalabriya bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, 24 yoshli italiyalik futbolchi "rossonerilar" bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.

Kalabriya “Milan” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yildan buyon asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u 151 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“Milan” o‘tgan mavsum A Seriyada hamshahari “Inter”dan so‘ng 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!