"Milan" "Manchester Siti" himoyachisi bilan muzokara olib bormoqda
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji "Milan"ga yo‘l olishi mumkin.
Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, "Milan" va "Siti" 30 yoshli shveytsariyalik himoyachi transferi borasida muzokara o‘tkazmoqda. Suhbatlar ijobiy kechmoqda. Transfer futbolchining shaxsiy qarori va klublar o‘rtasida to‘liq kelishuvga bog‘liq.
Italiya klubi shu bilan birga "Arsenal" himoyachisi Yakub Kiver atrofidagi vaziyatni ham kuzatib turibdi. "Portu" 26 yoshli futbolchi uchun 26 million evro taklif qilgan.



Fikrlar