
"Milan" o‘z maydonida mag‘lub bo‘lishiga sal qoldi (video)
Italiya A Seriyasining 29-turida “Milan” o‘z maydonida “Sampdoriya”ni qabul qildi.
“San-Siro”da kechgan bellashuvda g‘olib aniqlanmadi. Aniqrog‘i, uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakun topdi. “Milan” safida golni Yens Peter Xauge (87'), “Sampdoriya” safida esa Fabio Kvalyarella (57') kiritdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Milan” o‘z hisobidagi ochkolarni 60 taga etkazdi va o‘zi egallab turgan 2-pog‘onani yanada mustahkamlab oldi. “Sampdoriya” esa 36 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar