"Milan" Piolini iste’foga chiqarishi mumkin
Stefano Pioli "Milan"ni tark etishi mumkin.
"La Repubblica" nashrining yozishicha, agar jamoa chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘ta olmasa, 58 yoshli mutaxassisning kelajagi so‘roq ostida qolishi mumkin. Qolaversa, A Seriyada to‘rtlikka kirish klub rahbariyatini qoniqtirmaydi.
Ma’lumot uchun, "Milan" EChLda 3-turdan keyin 2 ochko to‘plagan holda so‘nggi o‘rinda bormoqda. "Rossonerilar" hali musobaqada gol ura olgani yo‘q.

Fikrlar