“Milan” PSJning rejalarini barbod qilmoqchi

  • 18 iyul, 2022, 12:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sanshesh "Milan" qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Italiya grandi rahbariyati “Lill” futbolchisi uchun kurashda PSJni ortda qoldirmoqchi.

“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, A Seriya chempioni 24 yoshli futbolchining o‘yinini anchadan beri kuzatib kelmoqda va unga shartnoma taklif qilishni mo‘ljallamoqda. "Milan" futbolchi uchun bahsda parijliklardan yaxshiroq harakat qilib, futbolchi bilan shartnoma imzolashni mo‘ljallagan.

Portugaliyalikning yarim himoyachining transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda.

Frantsiya chempionatining so‘nggi mavsumida Renatu 25 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga ikkita gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!