"Milan" safarda irodali g‘alabaga erishdi
Biroz oldin Italiya A Seriyasi 6-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" hamda "Milan" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi.
Uchrashuvda milanliklar Daniel Maldini hamda Brahim Diaslarning gollari evaziga g‘alabaga ega chiqdi. Mezbonlar tarkibida esa Daniele Verde o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Milan" g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari sonini 16 taga etkazgan holda turnir jadvalida etakchilikni o‘z qo‘llariga oldi.

Fikrlar