
"Milan" Sanchesga da’vogarlik qilmoqda
"Tottenxem" himoyachisi Davinson Sanches faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Milanliklar markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 24 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun 42 million funt sarflashga tayyor.
Sanches joriy mavsumda "Tottenxem" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million funtga baholamoqda.
Futbolchi Evropadagi faoliyatini "Ayaks"da boshlab, 2016 yilda "shporlar" tarkibiga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar