"Milan" sardori London grandining "radari"ga tushdi

  • 22.05.2022 08:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaning xabarga ko‘ra, London klubi Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen ketganidan so‘ng, himoyadagi bo‘shliqni yo‘qotish uchun yangi futbolchilar sotib olishni mo‘ljallamoqda. Ta’kidlanishicha, bu transferni shaxsan "ko‘klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel xohlamoqda.

Avvalroq Romanoliga "Barselona", "Sevilya", "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klublari da’vogarlik qilayotgani borasida xabar berilgandi. Himoyachi 2015 yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib keladi.

Joriy mavsumda 27 yoshli italiyalik "rossonerilar" safida barcha turnirlar doirasida 25 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta assistni amalga oshirgan. Transfermarkt futbolchini 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!