
"Milan" Susoni sotib yubormoqchi
"Milan" klubi rahbariyati ispaniyalik hujumchi Susoni tezroq sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Calciomercato.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” tajribali hujumchi Zlatan Ibragimovichni olib kelishgach, Susoni sotib yuborish payiga tushib qolishgan. Ular futbolchini 25 million evroga baholashmoqda. Unga da’vogarlar orasida esa "Napoli" va "Sevilya" klublari bor.
Ma’lumot uchun, Suso “Milan” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar