"Milan" va "Real" qiziqayotgan Sterling kelajagi haqida gapirdi

  • 26 aprel, 2022, 17:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" vingeri Raxim Sterling jurnalistlarning kelajagi borasidagi savollariga javob qaytardi.

"Eng muhimi – men "Siti"da baxtliman. Qolganlari muhim emas. Hozir shartnoma bilan bog‘liq holatlar haqida gapirishning vaqti emas", - dedi angliyalik futbolchi. 

Raximning "shaharliklar" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq, uning xizmatiga "Real" va "Milan" klublari qiziqayotgaligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Joriy mavsum Sterling 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!