
"Milan" Viktor Bonifeys transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
"Milan" va "Bayer" klublari nigeriyalik hujumchi Viktor Bonifeys bo‘yicha kelishuvga erishdi. Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, "rossoneriliklar" 24 yoshli futbolchini 5 million evro evaziga ijaraga oladi. Shartnomada uni 24 million evroga sotib olish imkoni ham nazarda tutilgan.
Milanliklar hujumchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartlarni ham kelishib olgan.
O‘tgan mavsumda Bonifeys Bundesligada 19 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar