
"Milan" yana bir transferni amalga oshirdi
"Monako" klubi va Senegal terma jamoasi chap qanot himoyachisi Fode Ballo-Ture rasman "Milan" a’zosiga aylandi.
“Rossonerilar” rasmiy saytining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchining transferi 4 mln evroga tushgan. U yangi jamoasi bilane 2025 yilning yozigacha shartnoma imzolagan.
Ballo-Ture "Monako" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 74 ta o‘yinda ishtirok etdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
Ballo-Ture bunga qadar "Lill" va PSJ klublarida o‘ynagan. U Senegal terma jamoasida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar