
"Milan" yangi strayker sotib olishga yaqin turibdi
"Milan" "Zaltsburg" futbolchisi Noa Okaforni sotib olishga yaqin turibdi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Italiya klubi bu transferga 14 million evro to‘lashi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Stefano Pioli hujumchini o‘tgan yili sotib olishni rahbariyatdan so‘ragan va endi bu amalga oshmoqda. U shanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga etib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Okafor yakuniga etgan mavsumda "Zaltsburg" takribida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar