
"Milan" yozda Piolini iste’foga chiqaradi, uning o‘rniga nomzod ham tayyor
"Milan" bosh murabbiy Stefano Piolini iste’foga chiqarishga hozirlanmoqda. Uning o‘rnini esa germaniyalik mutahassis Ralf Rangnik egallaydi.
Xabarlarga ko‘ra, 61 yoshli germaniyalik mutahassis "Milan" boshqaruviga yozda kelishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mutahassis transferlar ustidan to‘laqonli nazoratni qo‘lga oladi.
Rangnik bungacha asosan nemis klublarida faoliyat yuritgan, uning so‘nggi klubi "RB Leyptsig" bo‘lib, u jamaoni 2019-yilda tark etdi.
Fikrlar