Millatlar ligasi. Portugaliya o‘z maydonida g‘alabani qo‘lga kiritdi
Millatlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Portugaliya - Chexiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda gollarga Kanselu va Gedesh mualliflik qildi. Mehmonlar maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, Portugaliya ochkolari sonini 7 taga etkazib, guruhda peshqadamlikni saqlab turibdi. Chexiya hisobida 4 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 3-pog‘onadan joy olgan.



Fikrlar