Mino Rayola: Xoland mana shu ikkita jamoadan biriga aniq o‘tadi

  • 12 yanvar, 2022, 20:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol agenti Mino Rayola “Borussiya” Dortmund klubi rahbarlari bilan uchrashib, u erdagi mijozi Erling Xolandning kelajagi haqida gaplashdi.

Tecno

Le10Sport nashriga ma’lum bo‘lishicha, agent muloqot chog‘ida Xoland PSJ va "Manchester Yunayted"ga o‘tishdan bosh tortganini aytgan.

Rayolaning so‘zlariga ko‘ra, skandinaviyalik to‘purarda ikkita asosiy variant bor. Erling “Manchester Siti” va “Real” Madriddan birini tanlaydi.

Oldinroq ispan va ingliz nashrlari 21 yoshli norvegiyalik futbolchi "qirollik klubi"ni tanlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
13/01/2022 02:55
Kelaver realga yozda Kliyan ham keladi Real Galaxy tikosga aylanadi yana