
Miranchuk Italiyaga ketyapti. Endi Jaloliddinovga joy ochiladimi?
Italiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar safiga qo‘shilgan “Atalanta” “Lokomotiv” yarim himoyachisi Aleksey Miranchukning transferini hal qildi.
Italiyaliklar bu futbolchi uchun moskvaliklarga 14,5 million evro miqdorida mablag‘ to‘laydigan bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, transfer bo‘yicha barcha muhim jihatlarda kelishuvga erishilgan.
24 yoshli Aleksey Miranchuk “Lokomotiv” tarkibiga qo‘shilgan hamyutimiz Jasur Jaloliddinov bilan bir xil pozitsiyada o‘ynadi. Jasurning o‘zi ham, Aleksey singari chapaqayligini ta’kidlab, o‘yin uslubi unikiga o‘xshashi va unga havas qilishini bildirgan edi.
Yaqinda Jasur Jaloliddinovning transferi bo‘yicha yuzaga kelgan muammoli vaziyat bartaraf etilib, o‘zbek futbolchisi Rossiya premer-ligasida qaydnomadan o‘tkazildi. Endi Jasurdan o‘z o‘yinlari bilan “Lokomotiv” safida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini kutib qolamiz.
Jasur Jaloliddinov premer-ligada to‘p surish huquqiga ega bo‘ldi
Fikrlar