
Mirjalol Qosimov: "Hali o‘yinimizga baho berishga erta"
Superligada yangi mavsum start oldi. OKMK jamoasi o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Hali o‘yinimizga baho berishga erta. Birinchi uchrashuv doim shunday xis-hayajonli o‘tadi. Shunga qaramay, ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Shiddatli, tezkor va jangovar bahs ko‘rdik. Gol kiritilgan vaziyatda omad bizga kulib boqdi. Bu endi ilk tur. Qaytaraman, hali baho berishga erta, ishlanadigan jihatlar ko‘p.
Aprelda 6 ta, mayda 6 ta bahs bizni kutib turibdi. Taqvim esa zich. Tezroq tiklanib, ishlashimiz kerak", - deydi Mirjalol Qosimov.
Fikrlar