Mirjalol Qosimov mavsumdagi ilk mag‘lubiyat haqida: "Metallurg"ga omad kulib boqdi

  • 12 sentabr, 2020, 21:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 14-tur doirasidagi bahsda AGMK Bekobodda "Metallurg" mehmoniga aylandi va mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatni qarshi oldi. O‘yindan keyin Mirjalol Qosimov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Derbiga xos qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bugun omad "Metallurg"ga kulib boqdi. Chunki birinchi taymda ham, gol o‘tkazgandan keyin ham ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin gol bir kirmasa qiyin ekan. "Metallurg" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Men bugungi o‘yindagi jamoamning harakatidan uyaladigan joyim yo‘q. Ularning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman. Ular bahs so‘nggiga qadar oxirigacha kurashdi. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat doim yonma-yon yuradi. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bugungi futbol uchun minnatdorlik bildirib qo‘ydim. Chunki uyaladigan o‘yin qilishgani yo‘q. Futbolda yozilmagan qoida bor: sen urmasang, senga urishadi. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Suhrob Sultonov va Saydullo Rahmatov koronavirus chiqqani tufayli bugungi o‘yinda nafaqat maydonda, balki qaydnomadan ham o‘rin olmadi. Ular izolyatsiya qilingan. AGMKda yarim jamoadan ko‘prog‘i mazkur kasallikdan o‘tib bo‘ldi.

Hujumchilarning samaradorligi pastligi? Uchta hujumchiga 4ta gol? Bu albatta kam. Biz imkon qadar uchala hujumchimiz xizmatidan foydalanyapmiz. Bugun ham ularda gol urish uchun imkoniyat paydo bo‘lgandi. Ishlayapmiz. Albatta, hujumchilarning golli ko‘rsatkichi past.

Hojimat Erkinovning ketishi? Bizda Hojimat Erkinov ijara asosida o‘ynardi. "Paxtakor" klubi uni ortga qaytardi. Uning yo‘qligi jamoamiz o‘yiniga katta ta’sir qildi, demagan bo‘lardim. Albatta, bizda yaxshi o‘ynab, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Iqtidorli futbolchi. "Paxtakor" OChL uchun Erkinovni ortga qaytardi. Shu fursatdan foydalanib, "Paxtakor"ga va Hojimat Erkinovga indinga restart oladigan OChLda omad tilayman", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Mirjalol Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!