Mirjalol Qosimov: Maydon sifati qiyinchilik tug‘dirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - AGMK (2:3) bahsidan so‘ng, olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun bizga ham, "Bunyodkor" uchun ham muhim o‘yin edi. Uchrashuvni yomon boshlamadik, ammo ikkinchi 25 daqiqalikda o‘yin tizginini yo‘qotdik. Natijada o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Darvozabonning xatosi bizda ham, raqibda ham ko‘zga tashlanib turgan edi. Ishonchli o‘yin ko‘rsatishmayotgan edi. 

Ikkinchi bo‘limda xatodan unumli foydalandik. Raqib hujumga o‘tgan paytda bir nechta qulay vaziyatga ega bo‘ldik va yakunda Umarovning goli evaziga g‘alaba qozondik. Maydon sifati biroz qiyinchilik tug‘dirdi. 

Albatta, selektsiya ishlari bo‘lyapti, kuzatyapmiz. Bu faqatgina bizga bog‘liq bo‘lgan jihat emas. Yoshlarga ham imkon beramiz. Bugun ham Sardor Abdunabiev tarkibga jalb etildi. Yaxshi o‘yinchilarni qaerdan olish kerak? Bu ham muammo. "Bavariya"ning tarkibi ham yosh emas, lekin jamoa 8:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda. Lekin, klub tarixi, akademiyasi ham bor", - dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!