
Mirjalol Qosimov "Paxtakor"dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Superliga 3-turidan o‘rin olgan AGMK - "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Avvalambor, barchani Navruz bayrami bilan tabriklamoqchiman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, menimcha, yirik hisobdagi mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Biroq bugun bizning kunimiz emas ekan. To‘g‘ri, birinchi taymda yaxshi o‘yin namoyish eta olmadik.
Oddiy vaziyatlar va standartdan gol o‘tkazib yubordik. "Paxtakor" maydondagi bog‘lamlarni juda yaxshi yo‘lga qo‘ya olgan. Albatta, bizda ham vaziyatlar etarlicha bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Futbolda bu kabi kuchli jamoalarga qarshi o‘z imkoniyatlardan foydalanmay, g‘alaba qozonish qiyin.
Hammasi hali oldinda. Biz o‘z ustimizda ishlashda davom etishimiz lozim. Bugun g‘alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman".
Fikrlar