
"Monako" o‘z safiga "Inter" himoyachisini qo‘shib olmoqchi
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Dalbert faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Dalbertga shuningdek "Marsel" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Dalbert yakunlangan mavsum “neradzurrilar” safida jami 14ta bahsda ishtirok etdi.
Fikrlar