Monika ham asosiy davraga yo‘l oldi
Indian-Uells shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "BNP Paribas Open - 2018" turnirining saralash bahslarida tennischilar saralanmoqda.
Musobaqaning asosiy to‘riga chiqish huquqini beruvchi yo‘llanma uchun o‘tgan o‘yinda ruminiyalik Monika Nikulesku italiyalik Roberta Vinchiga qarshi kortga chiqib, 6:0, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Monika asosiy to‘rning birinchi davrasiga yo‘l oldi.
Fikrlar