Morata: "Uyquga ketib uyg‘onmaslikdan qo‘rqardim"

  • 14 iyun, 17:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alvaro Morata depressiya tufayli Evro-2024 turnirini o‘tkazib yuborish uchun o‘zini jarohat olganga solishni o‘ylaganini aytdi.

Tecno

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi bu haqda "Ular kimligimni bilishmaydi" nomli hujjatli filmda so‘z yuritdi. U faoliyati davomida to‘plangan tanqidlar uni "ruhiy tushkunlik"ka olib kelganini va o‘zini "butunlay sindirilgandek" his qilganini aytdi.

"Menda ko‘plab dahshatli, o‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi fikrlar bor edi. Evroga bormaslik uchun jarohatni simulyatsiya qilish fikri hayolimdan o‘tgan edi.

Tananing turli joylarida nimagadir og‘riq sezishni boshlaysan va nima uchun bunday bo‘layotganini tushunmaysan. Oyoqlarim og‘rirdi. Ko‘kragim qisilib turardi. Nafas ololmasdim. Uyquga ketib uyg‘onmaslikdan qo‘rqardim. Hamma narsadan qo‘rqardim.

To‘pga qarab o‘ynay olmasdim. [2023/24-yilgi mavsumning Chempionlar Ligasi chorak finalida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o‘yinda birga bir vaziyatni golga aylantira olmaganimda] xayolimda faqat "finalga chiqish imkonini boy berdim" degan fikr aylanardi. O‘yindan keyin uzoq vaqtgacha kiyinish xonasida yolg‘iz o‘tirganman. Shunchaki yig‘lagim kelgan", – dedi "Milan" hujumchisi, u 2024/25-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Galatasaroy"da to‘p surgan.

Morata shuningdek, Ispaniya terma jamoasining shifokori Oskar Seladaga qo‘ng‘iroq qilib, Evroga bora olmasligini aytganini ham so‘zlab berdi. Shundan so‘ng Selada uni depressiyadan aziyat chekkan sobiq Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta bilan bog‘lagan. Inesta 2009 yil avgustida yaqin do‘sti va jamoadoshi Daniel Xarquening vafotidan so‘ng og‘ir ruhiy holatni boshdan kechirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Morata ishtirok etgan Ispaniya terma jamoasi 2024 yilda Evropa chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!