Morata yana Italiyaga qaytishi mumkin

  • 09.06.2023 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” rahbariyati va murabbiylar shtabi yozgi transfer oynasida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu borada "Atletiko" forvardi Alvaro Morata Rim klubining asosiy nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan, deb xabar bermoqda Calciomercato nashri.

Qayd etilishicha, 30 yoshli Morata ham yana Italiyaga qaytishni istaydi. Aytish kerakki, u faoliyati davomida “Yuventus”da bir necha mavsum muvaffaqiyatli to‘p surgan edi.

Transfermarkt portali ekspertlari Alvaro Moratani 25 million evroga baholamoqda. 2022/2023 yilgi mavsumda ispaniyalik hujumchi “matraschilar” safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Roma"ning short-listidan Mauro Ikardi va Vilfrid Zaxa kabi taniqli hujumchilar ham joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!