Mourin'yo Endrikning "Real"dagi kelajagini ochiq aytdi

  • 14.10.2026 07:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yosh hujumchi Endrik qishki transfer oynasidan so‘ng ijaraga jo‘natilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Bu haqida o‘ylamasak ham bo‘ladi! U ketib qolishi ehtimoli yo‘q. Men Endrikka ishonaman. Unga qiziqish bildirgan klublar uni olish uchun men bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Men Endrikni juda yaxshi ko‘raman, unda ulkan salohiyat bor va u jamoamiz uchun juda muhim. Endrikka ijara shartnomasi kerak emas, u “Real” tarkibidayoq katta ishlar qiladi, katta yutuqlarga erishadi. U yaqinida jarohatdan qaytdi, “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor edi. Yaqin orada u o‘zining o‘yin vaqtiga ega bo‘ladi», – dedi Mourinyo.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Endrik «Real» tarkibida maydonda atigi 4 daqiqa o‘ynagan. Braziliyalik futbolchining madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!