Mourin'yo yirik g'alabadan so'ng "Real"ning kamchiligini aytdi
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liganing beshinchi turida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Madrid klubi o‘z maydonida raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Kilian Mbappe dubl qayd etdi, yana bittadan golni Fernandez va Bellingem urdi.
«Biz amalda o‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilib qo‘ydik. Bu oson emas, chunki bor-yo‘gi uch kun oldin «Inter»ga qarshi o‘ynagan edik. Bunday o‘yinlarni o‘tkazish jismoniy jihatdangina emas, ruhiy tomondan ham og‘ir…
Ko‘p gol uryapmiz, lekin shunchaki isrof bo‘layotgan vaziyatlarimiz ham juda ko‘p. Hujumda juda katta shiddat bilan o‘ynaymiz. Biz to‘pni uzoq vaqt nazorat qilib, keyin zarba beradigan jamoa emasmiz – o‘yinni juda tezlashtiramiz, shunday paytda to‘g‘ri qaror qabul qilish qiyinlashadi.
Bir kuni bu mehnatimiz o‘z samarasini beradi: barcha imkoniyatlardan foydalanib, 6–7 ta gol uramiz, hamma zarbalar darvozaga yo‘l topadi», — dedi Mourinyo.
Bu g‘alabadan so‘ng «Real» 12 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadam «Barselona»ni quvib yetdi. Shu bilan birga, kataloniyaliklar bir o‘yin kam o‘tkazgan: ular yakshanba, 13 sentabr kuni safarda «Levante»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar